Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi vaksina yaratgan shifokor sudga berildi

Koronavirusga qarshi vaksina yaratgan shifokor sudga berildi

Nemis shifokori va ishbilarmon Vinfrid Shtokker koronavirusga qarshi vaksina yaratish tajribalari uchun sudga berildi. Bu haqda MDR telekanaliga Lyubek prokuraturasi vakili xabar bergan.

O‘z laboratoriyasiga ega bo‘lgan 74 yoshli Görlitz univermagi egasi ushbu preparatni 2020-yil bahorida ixtiro qiladi. So‘ngra uni o‘zi va boshqalarga ruxsatsiz sinab ko‘rishni boshlagan. Mart va aprel oylarida Shtokker son mushaklarini to‘rt marta emlash qilganini aytdi. Shundan so‘ng, u ushbu moddani rafiqasi, bolalari va boshqa 65 nafar ko‘ngillida sinovdan o‘tkazgan. U sinovlar ishtirokchilarining hech biri nojo‘ya ta’sirlarga ega emasligi haqida aytib o‘tgan. Faqat in’yeksiya joyida ozgina og‘riq paydo bo‘lgan, natijada barchada antitanachalar paydo bo‘lgan.

O‘z blogida tadbirkor vaksinani tayyorlash va saqlash oson ekanligini ta’kidlab, uning retseptini joylashtirgan. U o‘zining dori-darmonlari yordamida butun Germaniyani bir necha oy ichida «koronavirusdan tozalashni» taklif qilgan. Vaksinaning 95 foiz samaradorligi aytilgan.

2020-yil sentyabr oyida u o‘z topilmalari to‘g‘risida vaksinalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mas’ul Paul Erlix institutiga xabar berib, dori samaradorligini tasdiqlash uchun ko‘proq sinovlarni o‘tkazishni so‘ragan. Biroq, olimlar prokuraturaga murojaat qilishadi. Unga qarshi dori-darmon ishlab chiqarish to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda gumon qilinib, jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.

Shtokker taniqli huquqshunos, siyosatchi va 2018-yildan beri Bundestag raisining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Volfgang Kubikkiga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokor preparatning klinik sinovlarini o‘tkazmagan, ammo o‘z-o‘zini davolashda ishlatgani uchun ruxsat kerak bo‘lmagan.

Shtokker 1987-yilda autoimmun va yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablarini o‘rganuvchi «Euroimmun» kompaniyasiga asos solgan. Kompaniyaning hozirda 17 mamlakatda vakolatxonalari mavjud. 2017-yilda Shtokker «Euroimmun»ni Amerika konserniga 1,2 milliard yevroga sotgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring