Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni qayta yuqtirishdagi muhim jihat ma’lum qilindi

Koronavirusni qayta yuqtirishdagi muhim jihat ma’lum qilindi

Foto:«Parlamentskaya gazeta»

Virusolog, Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi professori Anatoliy Altshteynning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi turiga immunitet reaksiyasi darajasi «COVID-19» bilan qayta yuqish ehtimolini ham ko‘rsatishi mumkin.

Bu haqda mutaxassis «Sputnik» radiosiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

«Agar infeksiyani birinchi marta yuqtirganda, bemorning immuniteti juda zaif bo‘lsa, bu asemptomatik shaklda bo‘ladi. Demak, koronavirusga chalingan odam yana kasal bo‘lishi mumkin», dedi Altshteyn.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, koronavirus bilan qayta kasallanish mumkin, ammo bu birlamchi kasallikka qaraganda kamroq quvvatda o‘tadi. Koronavirusga chalingan odam oddiy sog‘lom odam kabi barcha choralarni ko‘rishi kerak, dedi Altshteyn. Kamdan kam hollarda takroriy infeksiyalanish birlamchi davrga qaraganda og‘irroq bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring