Koronavirusning eng yangi alomati yuzaga chiqdi

Eshitish qobiliyatining o‘zgarishi koronavirusni yuqtirganlikdan dalolat berishi mumkin. Bu haqda London universitet kolleji va Qirol milliy qo‘mitasi olimlariga tayanib «Express» xabar berdi.
Qayd etilishicha, COVID-19 aniqlangan bir qancha bemorlar tinnitusdan shikoyat qilishgan. Bu hech qanday tashqi stimulsiz quloqlardagi shovqin yoki jaranglashdir. Bundan tashqari, koronavirusning og‘ir ko‘rinishi bilan kasallangan holatlarda mazkur alomat kelgusida eshitish qobiliyatining butunlay yo‘qolishiga olib kelgan.
Shu munosabat bilan olimlar shifokorlarni bemorlarning eshitish qobiliyatidagi har qanday o‘zgarishga e’tiborga berishga va COVID-19 tashxisi qo‘yilganda ularni davolash uchun tegishli choralar ko‘rishga chaqirishdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tinnitus boshqa kasalliklarga ham hamroh bo‘lib keladi. Shu bois mazkur belgi koronavirusning boshqa keng tarqalgan alomatlari bilan qo‘shilib kelganda jiddiy tashvishlanishga sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter