Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning kuchini kesadigan modda topildi

Koronavirusning kuchini kesadigan modda topildi

Foto: «Depositphotos / Ugreen»

Giperxolesterinemiyani davolashda ishlatiladigan fluvastatinlar koronavirusga qarshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bir guruh nemis va shved olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari «MedRxiv» portalida e’lon qilindi.

Mutaxassislar fluvastatinning SARS-CoV-2 translyasiyasi va replikatsiyasini bosish orqali yuqtirilgan hujayralarga ta’sir qilishini aniqladilar.

Bundan tashqari, statin terapiyasini olgan COVID-19 bemorlarining klinik natijalari yaxshilangani qayd etilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, tadqiqot natijalari shundan dalolat beryaptiki, fluvastatin koronavirusga chalingan odamlar uchun qo‘shimcha xavf tug‘dirmaydi, aksincha, kasallikning kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring