Korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i ishdan ketdi

Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Anvarov lavozimidan ozod etildi. U 2018-yil 27-iyun kuni shu ishga o‘tgandi.

Uning o‘rniga adliya katta maslahatchisi Saydulla Elmurodov boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi bo‘ldi. S.Elmurodov bunga qadar Toshkent viloyat prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter