Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qiynoq, mashqlar va iroda»: dunyodagi eng yaxshi maxsus kuchlar qanday tayyorlanadi?

«Qiynoq, mashqlar va iroda»: dunyodagi eng yaxshi maxsus kuchlar qanday tayyorlanadi?

Harbiy askar nafaqat jasur, balki imkoniyatlar chegarasidan chiqa olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak.  Maxsus kuchlar uchun dunyodagi eng kuchli qo‘shinlarni tanlash qoidalari o‘ta qat’iydir. Bunday «kirish imtihonlari»ga hamma ham dosh bera olmaydi. Biroq, muvaffaqiyatga erishganlar, sinovdan o‘tganlar haqli ravishda o‘zlarini super-askar deb hisoblashlari mumkin. «RIA Novosti» nashri turli mamlakatlarning  harbiy qismlari   haqida hikoya qiladi.

Tepalikka 65 kilometr

Britaniyaning SAS—maxsus havo xizmati dunyodagi eng yaxshi tayyorgarlikka ega maxsus kuchlardan biri hisoblanadi. 1941-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u katta jangovar tajribaga ega.  Buyuk Britaniyaning maxsus kuch askarlari Ikkinchi jahon urushida, Koreyada jang qildilar, Borneo, Ummon, Yaman, Shimoliy Irlandiyada yashirin operatsiyalar o‘tkazdilar va Iroq, Liviyada ishladilar. Maxsus havo xizmati hali bironta katta mag‘lubiyat yoki muvaffaqiyatsizlikka uchragan emas. Bu asosan tarkibga nomzodlarni qattiqqo‘llik ya’ni shafqatsiz tanlash bilan bog‘liq.  Sinovlardan  faqat besh nafar askardan bittasigina o‘ta oladi.  

SASga yiliga ikki marta — qishda va yozda,  200 kishidan qabul qilinadi. Asosiy talab shundan iboratki, nomzod Britaniya Qurolli Kuchlarida xizmat qilishi kerak, bunda parashyutchilar va dengiz piyodalariga alohida imtiyoz beriladi. Ular dastlabki «fitnes» sinovlaridan o‘tadilar, so‘ngra besh haftalik eng qiyin bosqichga o‘tadilar: har kuni qo‘pol, o‘ng‘aysiz yerlarda yurish, masofa doimiy ravishda oshib boradi.  Xulosa qilib aytganda, Pen-i-Fan tog‘ining 65 km uzunlikdagi cho‘qqisiga to‘liq jihoz bilan ko‘tarilish (jihozning og‘irligi 25 kilogrammni tashkil etadi) va undan atigi 20 soat ichida qaytib tushish kerak bo‘ladi. Berilgan muddatda ulgurmaganlar, safdan o‘chiriladi.

Keyingi bosqich — Beliz, Bruney yoki Malayziya o‘rmonlarida omon qolish mashg‘uloti. U yerda parashyutchilar relefda harakatlanishni, keshlarni va vaqtinchalik bazalarni jihozlashni, malakali maskalanishni o‘rganadilar. Keyin nomzodlar otryadlarga bo‘linib, ularni qo‘lga olishlari kerak bo‘lgan qidiruv guruhlaridan o‘rmonda yashirinishga harakat qilishadi. Buning uchun esa uskunalar minimal darajada berilgan.

Nihoyat, psixologik barqarorlik uchun sinov.  Muhim ma’lumotlarni to‘plash uchun  «til» 36 soat davomida so‘roq qilinadi. Psixologik bosim ostidagi so‘roqdan masalan 200 kishidan 30 kishigina matonat bilan omon qoladi.  

Qo‘llar bog‘langan holda suzish

AQSh dengiz  maxsus kuchlari SEAL — mashhur «dengiz mushuklari» - 1962-yildan beri Amerika harbiy harakatlarida istisnosiz ishtirok etishdi. Bu dunyodagi eng professional va yaxshi «jihozlangan» maxsus kuchlardan biridir. U 18 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan AQSh fuqarolarini nafaqat sog‘lig‘i, ham jismoniy, ham psixologik jihatdan qattiq nazorat o‘tkazib qabul qiladi. Tanlov 19 hafta davom etadi. Dengizdagi mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Birinchi yetti hafta umumiy jismoniy tayyorgarlik va suvda omon qolish uchun maxsus texnikaga bag‘ishlangan. Asosan, nomzodlarga yana suzishni o‘rgatishadi — uzoq muddatlarda va shiddatli bo‘ronda, muzli okeanda va yuk bilan, qo‘llari va oyoqlari bog‘langan holda. Maqsad — kelajakdagi maxsus kuchlarning suv qo‘rquvidan xalos bo‘lish.

Keyin — to‘qqiz hafta davomida intensiv jangovar tayyorgarlik davom etadi. Bundan tashqari, yuklar doimiy ravishda o‘sib boradi. Shunday qilib, birinchi haftada nomzodlar ma’lum vaqt ichida 300 metrga suzishlari kerak. Keyinchalik  bir xil vaqt va bir xil masofada, lekin 40-50 kilogramm og‘irlikdagi yukni tortib olish kerak. Quruqlikda sinovdan o‘tganlarni endi ko‘p soatlik piyoda yurishlar kutadi.

Va keyin mashhur ular tili bilan aytganda «jahannam haftasi» boshlanadi. Nomzodlar kuchli jismoniy va psixologik stresslarga duch keladilar. Ular kuniga atigi to‘rt soat uxlashlari mumkin: tik turib yoki bo‘yniga botqoqqa botgan holatda.

Yomg‘irli kuni ular ummonda bel qismigacha 20 daqiqa davomida turishadi, qirg‘oqqa ularni besh daqiqaga haydab, yana okeanga qaytarishadi. Bu jarayon bir necha bor takrorlanadi. Ushbu bosqichda nomzodlarning yarmidan ko‘pi chiqarib tashlanadi. Omon qolganlar havodagi mashg‘ulotlardan o‘tadilar: parashyutda sakrash, aviatsiya harakatlarini sozlash, uchish.

Haqiqiy  o‘qlar ko‘krakka qadaladi...

Rossiya FSB Maxsus kuchlar markazining «A» direksiyasi dunyodagi eng mashhur antiterror bo‘linmalaridan biridir. Ular Afg‘onistonda, Chechenistonda jang qildilar. 1974-yilda tashkil qilingan afsonaviy «Alfa» jangchilari yuzlab garovdagilarni ozod qildi va minglab terrorchilarni o‘ldirdi. Ochiq manbalarga ko‘ra, bo‘linmaning snayperlari muntazam ravishda malaka oshirish uchun Suriyaga yuboriladi.

Jangchilarni tanlash va o‘qitish ham ochiqlanmaydi, reklama qilinmaydi. Ma’lumki, nomzod 100 metrni 12,7 soniyada, uch kilometrni — 11 daqiqada yugurishi, poldan 90 marta yuqoriga ko‘tarilishi, shtangada 25 marta ko‘tarilishi, orqa tomon yotgan holda tanani egib, ikki daqiqada 200 marta bosib o‘tishi, o‘z tanasining vazni bilan shtangani o‘n marta bosishi lozim. Bundan tashqari, murakkab kuch mashqlarini sakkiz marta dam olishsiz takrorlash kerak.

Kelajakdagi tezkor xodim qo‘l jangi uchun standartlardan o‘tishi kerak. Erkin qoidalarga ko‘ra  instruktorlarga qarshi uch daqiqa davomida uchta jangga dosh berishi kerak. Jangda har kim ham bunday sinovdan o‘tishga qodir emas. Keyin — askar shaxsini o‘rganadigan, uni poligraf ostida so‘roq qiladigan, oilasi va do‘stlari bilan suhbatlashadigan psixolog bilan maxsus tekshirish ishlari boshlanadi. Maxsus kuchlarga yozilgandan so‘ng, jangchilar zirhli transport vositalarini boshqarishga, baland cho‘qqilarga chiqish va suvga sho‘ng‘ish mashg‘ulotlaridan o‘tadilar. Ularga barcha turdagi qurollar — ham rus, ham chet el qurollari bilan ishlash o‘rgatiladi. «Alfa»dagi eng xavfli mashg‘ulotlardan biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri operativning ko‘krak qafasi ichiga haqiqiy o‘q bilan to‘ldirilgan to‘pponchada o‘qqa tutish.  Bu askarga jangda o‘q tegishidan qo‘rqmaslikka o‘rgatadi deb ishoniladi.

Qaroqchilar uchun haqiqiy tahdid

Yana bir maxsus harbiy bo‘linmalaridan biri bu Braziliyaning «BOPE» — maxsus politsiya operatsiyalari bataloni 1978-yilda tashkil topgan. Otryadning asosiy vazifasi Rio-de-Janeyro favelalaridagi aniq operatsiyalar va ko‘cha janglarida dushmanni yo‘q qilishdir.  «BOPE» jangchilari mahalliy narkotik sotuvchilari va qaroqchilar uchun tahdiddir. Janubiy Amerikadagi giyohvand moddalar kartellari odatdagi armiyalarga qaraganda tez-tez yaxshi qurollangan, shuning uchun braziliyalik mutaxassislar bo‘sh o‘tirishmaydi.

«BOPE»da tanlov juda qiyin. Otryadda 400 kishi bor, ular jismoniy va psixologik imkoniyatlar chegarasidan o‘tgan askarlardir.  

Olti hafta davomida kursantlar patrul xizmati va ko‘cha janjallari usullarini o‘rganadilar. O‘n besh hafta turli sharoitlarda mashg‘ulotlardo‘an o‘tadilar,   o‘rmonda janglarning murakkabligiga bag‘ishlangan mashqlar shular jumlasidan.  

Ularning muntazam ravishda jang qilishlarini hisobga olsak, har bir operativ xodimi o‘ziga xos psixologik holatni rivojlantiradi, ya’ni u hamma narsaga qodir super jangchiga aylanadi. Bundan tashqari, Braziliya maxsus kuchlari qo‘l va pichoq bilan jang qilishni o‘rgatishlari shart, chunki shahar sharoitida quroldan foydalanish har doim ham qulay emas.

                                                                       

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring