Marg‘ilonda 3 yoshli bolakayni bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida mahalla ichidagi yo‘lda o‘ynab o‘tirgan bolakayni mashinasida e’tiborsizlarcha bosib o‘tib ketgan ayol aks etgan videolavha tarqaldi.
Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, holat joriy yilning 10-may kuni Marg‘ilon shahar Zuhro ko‘chasida sodir bo‘lgan. Unda 1970-yilda tug‘ilgan fuqaro D.A. Lacetti rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, 2022-yilda tug‘ilgan A.A.ni bosib ketgan.
Natijada, bolakay A.A. tan jarohati olib shifohonaga yotqizilgan.
«Hozirda A.A.ning ahvoli yaxshi holatda», – deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi hamda 117-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib yakuniga ko‘ra tegishli sudlovga yuborish chorasi ko‘rilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter