Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi

Markaziy bank Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi

Foto: «Economirna»

2018-yil 24-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining ochiq yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Monetar siyosatning 2019-yil va 2020-2021-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy bank axborot xabar berdi.

O‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyasiya darajasini pasaytirish va inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olindi.

Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari dasturiy hujjat hisoblanib, u joriy makroiqtisodiy holat va tashqi iqtisodiy vaziyat tahlili, shuningdek tashqi va ichki sharoitlarning rivojlanish prognozlari asosida ishlab chiqilgan. Mazkur hujjat o‘z ichiga, o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining maqsad va tamoyillari, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlili va kutilayotgan natijalar, makroiqtisodiy rivojlanish ssenariylari hamda o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish choralarini qamrab olgan.

Asosiy ssenariydagi ko‘ra yillik inflyasiya darajasining prognoz ko‘rsatkichlari 2018-yilda 16-17 foizni, 2019-yilda 13,5-15,5 foizni va 2020-yilda 10-12 foizni tashkil etadi. 2021-yildan boshlab yillik inflyasiya darajasi bir xonali ko‘rsatkichgacha pasayishi kutilmoqda.

Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko‘zda tutmoqda. Bunda, muqobil ssenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi.

Asosiy yo‘nalishlar Boshqaruvning ochiq yig‘ilishida bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda to‘ldirilib, to‘liq shakli Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring