Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Yosh gvardiyachilar» tanlovi o‘tkazildi

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Yosh gvardiyachilar» tanlovi o‘tkazildi

Foto: O‘zbekiston milliy gvardiyasi

Joriy yilning 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy apparati tomonidan tuzilgan ishchi guruh va Farg‘ona viloyatidagi harbiy qismlarga biriktirilgan maktab o‘quvchilari tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining «Yosh gvardiyachilar» tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari, Oltiariq va Beshariq tumanlarida joylashgan o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari va Marg‘ilon shahridagi 1-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘z jamoalari bilan ishtirok etishdi. Mazkur tanlov viloyat harbiy-ma’muriy sektori, Xalq ta’lim boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlov g‘oliblari va munosib ishtirok etgan jamoalarga harbiy qism komandirlari va hamkor tashkilotlarning diplom, faxriy yorliqlari hamda kuboklar topshirildi, shuningdek jamoalarning har biri 32 dyuymli «Artel» televizorlari bilan taqdirlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring