Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda MIB yuridik shaxslardan salkam 116 mlrd. so‘mlik qarzni undirdi

Andijonda MIB yuridik shaxslardan salkam 116 mlrd. so‘mlik qarzni undirdi

Foto: MIBning Andijon viloyati boshqarmasi

Bosh prokuratura huzuridagi MIBning Andijon viloyat boshqarmasi Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda muayyan ishlarni amalga oshirmoqda.

MIBning Andijon viloyati boshqarmasi «Xabar.uz»ga xabar berishicha, o‘tgan davr mobaynida 3625 ta yuridik shaxsdan 115 mlrd. 745 mln. 300 ming so‘m soliq qarzi undirildi.

77 ta yuridik shaxs tugatilganligi aniqlanib, 1 mlrd. 208 mln. 900 ming so‘m soliq qarzini undirish tugatish komissiyalari zimmasiga yuklatildi.

7791 ta jismoniy shaxsning mol-mulk va yer solig‘idan bo‘lgan 3 mlrd. 48 mln. 600 ming so‘mlik qarzini undirish choralari ko‘rildi.

Xatlangan mol-mulklardan jami 23 mlrd. 322 mln. 900 ming so‘mlik mol-mulklarni «ye-auksion» elektron savdolari orqali sotish uchun chiqarildi.

To‘lanmagan soliqlarni majburiy tartibda undirish davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring