Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimlari uchun «Janob Prezident» filmi namoyish etildi

MIB xodimlari uchun «Janob Prezident» filmi namoyish etildi

Bugun, 27 iyul kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosida ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari hamda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi loyiha rahbari Ulug‘bek Saydiyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda, davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan «Janob Prezident» nomli hujjatli film namoyish etildi.

Xabarda aytilishicha, mazkur film xodimlar va tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirgan.

«Davlatimiz rahbarining ichki va tashqi siyosatida olib borayotgan pozitsiyasi, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, investitsiya loyihalari ijrosihamda xalq bilan muloqot qilish masalasida olib  borayotgan islohotlariga to‘xtab o‘tilib, davlat xizmatchisi vatanga sadoqat ruhida fidokorona mehnat qilishi, ayniqsa, Prezidentimizning «Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan g‘oyasi har bir davlat xizmatchisining bugun kundagi shiori bo‘lishi lozimligi yana bir bor ta’kidlandi», — deyiladi MIB xabarida..

Tadbirda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi loyiha rahbari Ulug‘bek Saydiyev so‘zga chiqib, olib borilayotgan islohotlarga barcha fuqarolar dahldor bo‘lishi kerakligi, bu jarayonda korrupsiya illatiga qarshi kurashish muhim ekanligi, bunda yurtdoshlarimizdan hushyorlik va mas’uliyat talab etilishi haqidagi mulohazalari  bilan o‘rtoqlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring