Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiya kursantlari Olmazordagi kam ta’minlangan xonadonlarga sovg‘a ulashdi

Milliy gvardiya kursantlari Olmazordagi kam ta’minlangan xonadonlarga sovg‘a ulashdi

Joriy yilning 6-7 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti kursantlari Toshkent shahar Olmazor tumani Shifokorlar mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari bilan hamkorlikda mahalladagi kam ta’minlangan va nogironligi bor xonadonlarga tashrif buyurishdi va esdalik xayriya sovg‘alari ulashishdi.



Shundan so‘ng mahalla markazida «Askar mahalla faxri» deb nomlangan shior ostida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti jangovar guruhi va harbiy orkestri o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan ishtirok etib, mahalla yoshlarini vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirishdi.


Shuningdek, «Vatanparvarlik oyligi» munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti professor-o‘qituvchilari va kursantlari Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani «Navnihol» mahallasi hamda  Sirg‘ali tumanidagi «Shukrona» mahallalarida bo‘lishdi.

Mahalla  fuqarolar yig‘ini xodimlari bilan hamkorlikda mahallalardagi kam ta’minlangan va nogironligi bor xonadon oila a’zolari ahvolidan xabar olinib, ularga esdalik xayriya sovg‘alari ulashishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring