«Mol-mulk solig‘i kalkulyatori». Yagona portalda yangi xizmat ishga tushirildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat soliq qo‘mitasining «Mol-mulk solig‘i kalkulyatori» xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur xizmat orqali jismoniy shaxslar mustaqil ravishda o‘zlarini egaligidagi mol-mulk soliqlari hisobini ob’yektning inventarlash bahosi va umumiy maydoniga asoslanib chiqarishlari hamda amaldagi mavjud imtiyozlar haqida ma’lumot olishlari mumkin.
Mazkur xizmatdan foydalanish uchun OneID tizimi orqali yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter