Mushugingiz qo‘rqadigan to‘rt narsa
Mushuklar yirtqich tabiatga ega bo‘lsa-da o‘z qo‘rquvlari bor. Ya’ni aniqrog‘i qo‘rqoqlik emas, mushuklarda odamlardan ko‘ra ko‘proq rivojlangan o‘zini o‘zi saqlash instinkti mavjud. Mushuklar har qanday noqulaylik, shovqin, hid va notanish narsalarga ayniqsa sezgir. Ehtiyotkorlikning bunday ko‘rinishi mushuklarni ko‘plab xavf-xatardan qutqaradi – ular diqqat bilan tinglab, hidlab, shunga mos ravishda harakat qilishadi. Va buning uchun ularning yumshoq panjalari, sezgir burunlari va harakatlanuvchi quloqlari bor, ular xavfni o‘z vaqtida aniqlash uchun turli yo‘nalishlarda harakatlana oladi. Mushuklardagi eng keng tarqalgan qo‘rquvlardan biri – maishiy texnikaning ovozi: soch quritadigan fenlar, changyutgichlar va blenderlar. Ularning eshitish a’zolari bunday kuchli ovozlarga chiday olmaydilar! Mushuklarning eshitish qobiliyati shu qadarki 500 metr uzoqlikdagi sichqonchaning qitirlatishi uning e’tiborini tez tortadi. Shuning uchun, mushuk changyutgichining shovqini siz samolyot turbinasi yonida turganingiz bilan bir xil. Mushuk kimdir bu narsalardan biriga qo‘l uzatayotganini sezishi bilanoq, u shamol kabi tezlikda ko‘chaga o‘zini uradi. Uning nazarida changyutgich – bu kuchli ovozli texnika emas, balki yerdan nimanidir qidirib yuradigan katta yirtqich hayvondir. Agar egasi beparvolik bilan mushukni changyutkichda tozalashga harakat qilsa, bechora jonzotni umrining oxirigacha bu og‘riqli tuyg‘u ta’qib qiladi.
Mushuklar uchun yangi yil bayrami eng qo‘rqinchli kun. Sababi turli mushakbozliklar ular uchun azobli yorug‘lik va qo‘rqinchli ovoz. Shuningdek, mehmonlar va shovqinli o‘yin-kulgular ham ular uchun emas. Bechora mushuklar bunday paytlarda qayerga borishni bilmaydi. Hamma joy shovqin – ko‘chada ham, uyda ham. Mushuk uchun har bir yangi mehmon qo‘rqinchli begonadir.
Mushuklar cho‘milishni yoqtirmaydilar. Ular cho‘kib ketishdan qo‘rqqanlari uchun emas, balki ho‘l bo‘lishni yoqtirmaydilar. Sababi o‘zlaridan yirtqichlar tomonidan osonlik bilan aniqlanadigan ho‘l mo‘ynaning kuchli hidini chiqaradilar.
Mushuklar kuchli hid bilish qobiliyatiga ega. Ular biz ajrata olmagan hid – ovqatning eskirgan yoki yangligini ajrata oladi.
Mushuklar yana sitrus mevalari, sarimsoq va boshqa ko‘plab o‘tkir hidli ovqatlardan nafratlanadilar, ya’ni bu hidlar ularni cho‘chitadi. Bundan tashqari, ular atirning kuchli hidiga chiday olmaydi va boshqa ko‘plab yoqimsiz hidlarni misol keltirish mumkin. Lekin siz xushbo‘y hidlar yordamida mushuklarni tarbiyalashingiz, masalan ruxsat etilmagan joyga yotmasligi, stolga chiqmasligiga erishishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter