Musson yomg‘irlari tufayli Hindistonda 37 kishi halok bo‘ldi

«Hindistonning Kerala shtatida kuzatilayotgan musson yomg‘irlari tufayli 37 kishi halok bo‘ldi», — deya xabar beradi «Hurriyet.com.tr» sayti.
Sel kelishi va tuproq ko‘chishi sababli 30 ming kishi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.
Shtat miqyosida 350 ta chodir qurilgan.
Shtatda olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv ishlariga askarlar ham jalb etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter