Namanganda hujjatlarsiz Lacetti ruliga o‘tirgan 16 yoshli haydovchi halok bo‘ldi

2022-yil 6-fevral kuni soat 12:30 larda Namangan shahar Boburshoh ko‘chasida joylashgan «Atlas» MChJ binosi oldida 2005-yilda tug‘ilgan shaxs tegishli hujjatlarsiz «Lacetti»ni boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan.
Natijada, yo‘l chetidagi beton stolbaga urilgan.
YTH oqibatida, haydovchi og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Avtomashinadagi 2005-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi esa «bosh miya yopiq shikasti» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter