Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda shartli «ommaviy tartibsizlik» bartaraf etildi

Namanganda shartli «ommaviy tartibsizlik» bartaraf etildi

Foto: Namangan viloyati IIB

11-mart kuni Namangan viloyati IIB tomonidan «Ommaviy tartibsizliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, favqulodda holatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish» borasidagi maxsus taktik mashg‘ulot o‘tkazildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bergan.

Mashg‘ulotda Namangan viloyati va Namangan shahar hokimligi, viloyat IIB, Prokuratura, DXX, Milliy Gvardiya, FVB, Bojxona, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va hududiy bo‘limlari hamda boshqa aloqador idoralar vakillari ishtirok etishgan.

Namangan shahar «Do‘stlik bozori» hududida sotuvchi va haridorlardan iborat 200 ga yaqin fuqarolar ruxsat etilmagan namoyish o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida viloyat IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga xabar kelib tushadi. Yuzaga kelgan shartli vaziyatning oldini olish choralari ko‘riladi. Shartli ravishda uyushtirilgan ommaviy tartibsizlik muvaffaqiyatli bartaraf etildi.

Viloyat IIB mas’ullarining ta’kidlashicha, bu taktik mashg‘ulot yaqinlashib kelayotgan bayram kunlarida jamoatchilik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring