Narxni 8 ming so‘mga oshirgan AYoQShga benzin yetkazib berish to‘xtatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda viloyatidagi AYoQShlarda AI-80 benzin 8 ming so‘mdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi huzuridagi «Neftgazinspeksiya» bayonot berdi.
Qayd etilishicha, holat o‘rganilganda, Termiz shahridagi «DON» xususiy firmasiga tegishli AYoQSh haqiqatan ham narxni asossiz oshirgani tasdiqlangan.
«Benzin narxini sun’iy ravishda oshirganligi sababli ushbu AYoQShga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma berildi», — deyiladi inspetsiya bayonotida.
Umuman olganda, narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299ta AYoQShga benzin yetkazib berish to‘xtatilgan.
«O‘zbekistondagi 2 000 dan ziyod benzin AYoQShlarga kuniga o‘rtacha 3 200 tonna benzin o‘rniga 4000 tonnadan ziyod benzin yetkazib berilmoqda.
Gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar, avtobenzin narxini oshishiga olib kelmaydi», deyiladi rasmiy ma’lumotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter