Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nevidimka» yordamida jinoyat sodir etildi

«Nevidimka» yordamida jinoyat sodir etildi

Foto: Tergov departamenti

Joriy yilning 30 yanvar kuni Namangan viloyati Pop tumanida fuqaro A.S.ga tegishli «Damas» rusumli avtomashinasi olib qochildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida mazkur avtomashina Pop tumani Chorkesar MFYda yashovchi 52 yoshli R.M. tomonidan olib qochib ketilganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashina ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan R.M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «g» bandi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzdagi ehtiyot chora qo‘llanilgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, R.M. jabrlanuvchi A.S.dan pul so‘rab turgan, biroq rad javobini eshitib, unga tegishli bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashinasining haydovchi old eshigini ayollar «nevidimka»si yordamida ochib, so‘ngra rul tagida joylashgan elektr simlarini tutashtirish yo‘li bilan avtomashinani o‘t oldirib, qarindoshining uyiga saqlash uchun olib borib qo‘yganligini aytgan. O‘z navbatida, qidiruv ishlari yakuniga ko‘ra avtomashinani sotib yuborishni rejalashtirganligi aniqlangan.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilangan.

Ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring