Nima sababdan tuman kengashi saylovida takroriy ovoz beriladigan bo‘ldi?

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari saylovida ro‘yxatdan o‘tgan 1 million 560 ming nafardan ortiq saylovchilarning 1 million 267 ming nafardan ortig‘i yoki 81,2 foizi ovoz berdi.
Saylovda 11 tuman Kengashiga 279 nafar deputat saylandi. Ulardan 114 nafari O‘zLiDeP, 45 nafari «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, 41 nafari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, 33 nafari «Adolat» SDP vakillari hisoblanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 46 nafar vakili tuman Kengashlari deputatligiga saylandi.
Unda nega takroriy saylov o‘tkaziladi?
2018-yil 7-yanvar kuni 51 ta saylov okrugida takroriy ovoz beriladi. Ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatalari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonunining 42-moddasiga asosan o‘tkaziladi.
Takroriy saylov quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
— Saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qo‘yilgan bo‘lsa-yu, ulardan birortasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha okrugda takroriy ovoz berish o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi va bu xususda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi hamda okrug saylovchilarini xabardor qiladi. Takroriy ovoz berish ikki hafta ichida o‘tkaziladi.
Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etish foizi hisobga olinmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shayxontohur tumanidagi 16-saylov uchastkasida saylovchilarning to‘plagan ovozlari bir xil bo‘lgani uchun qayta saylov o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter