OAV: G‘azni shahrida portlashda 27 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning G‘azni shahrida sodir bo‘lgan portlash natijasida kamida 21 kishi halok bo‘ldi va 17 kishi jarohat oldi. Bu haqda Ariana News mahalliy kasalxona rahbariga asoslanib ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, o‘lganlar va yaradorlarning barchasi harbiylardir.
1TV telekanali ma’lumotiga ko‘ra esa Afg‘oniston qurolli kuchlari bazasi yaqinida joylashgan avtoulovga joylashtirilgan portlovchi moslama harakatga kelgan. Portlash oldidan otishma ham bo‘lgan.
Mahalliy OAVning xabar berishicha, qurbonlar soni 27 kishiga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter