Og‘ir jinoyat sodir etib yashiringan shaxs Qirg‘izistonda ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021-yil 20-fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan «Zarbdor oyligi» va «Antiterror-Tozalash» tadbirlari davomida og‘ir jinoyat sodir etib yashiringan shaxs ushlandi.
O‘z.R JKning 97-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergov idoralaridan yashirinib yurgan, Norin tumanida yashagan fuqaro viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahridan ushlanib, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasining rozilik xatiga ko‘ra Namangan viloyati IIB 6-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter