Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangarondagi mudhish qotillik fosh etildi

Ohangarondagi mudhish qotillik fosh etildi

Joriy yilning 5 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashagan 1962 yilda tug‘ilgan marhum Komoljon Yuldashev o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomashinasida «Qo‘qon-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab kira qilish maqsadida yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmagani xabar qilingan edi. Bedarak yo‘qolgan K. Yuldashev boshqaruvida bo‘lgan bo‘lgan Cobalt avtomashinasi 8 yanvar kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahar Yangiobod MFY hududida, uning murdasi esa tan jarohatlari bilan «Angren» daryosi qirg‘og‘idan topilgan edi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv surushtiruv ishlari davomida mazkur mudhish jinoyat ishi fosh etildi.

Ushbu jinoyatni 1998 yilda tug‘ilgan, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi U.Yo. tomonidan sodir etilganiga yetarli ma’lumot va dalillar to‘planib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «i» bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Gumonlanuvchi U.Yo. aybiga iqrorligini o‘z arizasida ham bayon qilgan.

Shuningdek, surushtiruvlar davomida gumonlanuvchi U.Yo. ning Ohangaron va Olmaliq shaharlarida sodir etgan boshqa (o‘g‘irlik) jinoyatlari ham fosh etilgan. Hozirda mazkur jinoyat ishlari yuzasidan Ohangaron shahar IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tez orada jinoyatining tafsiloti hamda uning fosh etilishi jarayoni tasvirlangan videolavha joylashtiriladi.

IIBB Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring