Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oila budjeti himoyada: raqamli markirovka qanday qilib ortiqcha xarajatlardan qochishga yordam beradi

Oila budjeti himoyada: raqamli markirovka qanday qilib ortiqcha xarajatlardan qochishga yordam beradi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida oila budjetini rejalashtirish va undan oqilona foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa oila uchun sotib olinadigan mahsulotlar nafaqat sifatli bo‘lishi, balki tejamkorlikda ham yordam berishi kerakligini anglatadi. Bir qarashda ziddiyatli tuyuladi, lekin keling, yaxshi mahsulotlar oila budjetini qanday tejashini ko‘rib chiqaylik.

Faqat sifatli mahsulotlarni xarid qilish

«Sifatli tovar» nimani anglatadi? Bu so‘z bilan odatda bozorda o‘zini ko‘rsatgan brend, hammaga ma’lum mahsulotni tushunamiz. Ammo o‘sha reklama qilingan brendning qalbaki nusxasini sotib olish xavfi ham mavjudligini unutmaslik lozim. Bizda oila uchun tez-tez sotib oladigan ba’zi asosiy mahsulotlarning haqiqiyligini bilib olishning ishonchli usuli mavjud: ichimlik suvi, ichimliklar, dorilar va endilikda biologik faol qo‘shimchalar. Buning uchun ushbu mahsulotlardagi raqamli markirovka kodlarini skanerlash kifoya – kafolatlangan xavfsizlik hamda tasdiqlangan sifatga egaligi haqida tasdiq olasiz. Asl Belgisi mobil ilovasi qonuniy va original mahsulotlarni tanlab, eng yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qilish imkonini beradi.

Ilova qanday qilib tejashga yordam beradi?

Asllik kafolati. Soxta mahsulotlar ko‘pincha nafaqat foydasiz, balki sog‘liq uchun ham xavfli bo‘lib chiqadi. Kontrafaktni sotib olish orqali siz nafaqat pulni behuda sarflash, balki davolanish yoki mahsulotni almashtirish xarajatlariga duch kelishingiz mumkin. Chunki qalbaki dorilar davolanishga yordam bermasligi, hatto sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin, natijada uzoq va qimmat davolanish talab etiladi.

Sifat kafolati. Raqamli markirovkali mahsulotni sotib olayotganda, u sertifikatlanganiga va standartlarga javob berishiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Bu, ayniqsa, maishiy texnika va bolalar uchun dori-darmon sotib olishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, muzlatgich yoki kir yuvish mashinasini sotib olish oila budjetining muhim qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham har bir kishi texnikasi uzoq yillar benuqson xizmat qilishini istaydi.

Ongli tanlov. Mahsulotlarni Asl Belgisi mobil ilovasi yordamida tekshirishga bir necha soniya sarflab, siz asosli tanlov qilishingiz, «munosiblar ichidan eng yaxshisini» tanlashingiz mumkin. Bundan tashqari, tovarlarni skanerlash va kontrafakt yoki qalbaki mahsulotni aniqlash noinsof ishlab chiqaruvchini topish va uning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish imkonini beradi.

Ilova qanday ishlatiladi?

• «Asl Belgisi» ilovasini App Store va Google Play orqali bepul yuklab olish mumkin.

• Smartfon kamerasi bilan qadoqdagi Data Matrix kodini skanerlash orqali markirovkalangan mahsulotni tekshirish va mahsulot haqida batafsil ma’lumot olish.

• Sifati kafolatlangan mahsulotni dadil iste’mol qilish.

Shunday qilib, mahsulotlarni raqamli markirovkalash nafaqat ularning sifatini nazorat qilish, balki oilangiz uchun kundalik xaridlaringizni xavfsiz va tejamkor qilish imkonini beradi. Axir oilaviy budjet – bu har bir xarid tekshirilishi va oqlanishi kerak bo‘lgan mas’uliyat zonasi. Raqamli markirovka esa bu ishda sizning ajralmas yordamchingizga aylanadi. Zero, yaqinlarimiz uchun qancha ko‘p sifatli mahsulot sotib olsak, sifatsiz yoki qalbaki mahsulotlarni iste’mol qilishdan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarga shuncha kam mablag‘ sarflagan bo‘lamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring