Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olim koronavirusga qarshi immunitet hosil qiladigan kasallikni aniqladi

Olim koronavirusga qarshi immunitet hosil qiladigan kasallikni aniqladi

Foto: «Depositphotos / alexraths»

Mutaxassis denge isitmasini boshidan o‘tkazgan odamlarda COVID-19ga immunitet borligini qayd etdi. Amerika Dyuk universiteti professori Migel Nikolelisning so‘zlariga ko‘ra, denge tarqalishi qayd etilgan hududlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati sekin o‘sganligi kuzatilgan. Bu olimning ushbu xastalik bilan kasallangan insonlar tanasida COVID-19ga antitanacha bo‘lishi mumkin degan xulosa chiqarishiga sabab bo‘ldi.

Ushbu ajoyib kashfiyot denge flavivirus serotiplari va SARS-CoV-2 o‘rtasidagi immunologik o‘zaro reaktivlikning imkoniyatlarini oshiradi, — deyiladi tadqiqotda.

Nikolelisning aytishicha, bordi-yu, uning taxmini to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, denge isitmasi bilan kasallanish yoki unga qarshi vaksina immunizatsiyasi COVID-19ga qarshi himoya bilan ta’minlashi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring