O‘zbekiston bo‘ylab tezkor tadbirlarda «valyutachi»lar qo‘lga olinmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan tadbir o‘tkazilgan.
Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.N. (muqaddam sudlangan) jami 3 400 AQSh dollarini fuqaro M.E.ga 38,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Bandixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.E. (muqaddam sudlangan) jami 3 000 AQSh dollarini fuqaro U.Sh.ga 34 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter