O‘zbekiston hududida yer qimirladi

Bugun, 10-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 07:14 da (10.07.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 02:14 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 38,77 gradus shimoliy kenglik; 70,76 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 307 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Farg‘ona shahrida 3-4 ball, 199 km.
- Guliston shahrida 3-4 ball, 256 km.
- Namangan shahrida 3-4 ball, 260 km.
- Andijon shahrida 3-4 ball, 262 km.
- Jizzax shahrida 3 ball, 294 km.
- Toshkent shahrida 3 ball, 307 km.
- Samarqand shahrida 3 ball, 342 km.
- Termiz shahrida 3 ball, 351 km.
- Qarshi shahrida 3 ball, 432 km.
- Navoiy shahrida 2 ball, 486 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter