Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hududida yana yer qimirladi

O‘zbekiston hududida yana yer qimirladi

Bugun, 10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 21:05 da (10.07.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 16:05 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 40,17 gradus shimoliy kenglik; 72,16 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 276 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona shahrida 3-4 ball, 40 km.
  • Andijon shahrida 3 ball, 70 km.

Eslatib o‘tamiz, bugun tongda Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida ham sezilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring