O‘zbekiston hududiga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan qirg‘iz amaldori qo‘lga olindi

Davlat chegarasidan noqonuniy ravishda O‘zbekistonga o‘tgan qirg‘izistonlik amaldor qo‘lga olindi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘z yurtidan qochmoqchi bo‘lgan shaxs O‘sh viloyatining Qora-Suv tumani hokimi Tilak Matraimov bo‘lib, u o‘zbek-qirg‘iz chegarasini ajratib turgan daryo orqali O‘zbekistonga o‘tayotganda davlat chegara xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ushlangan paytda hokim bilan birga uning o‘g‘li va shaxsiy tansoqchisi bo‘lgani aytiladi.
O‘zbek chegarachilari 9-oktbyar kuni T. Matraimov va uning hamrohlarini qo‘shni davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organiga topshirgan.
Aytilishicha, Matraimov Qirg‘izistonda katta ta’sirga ega sulola vakili hisoblanadi. Uning yaqin qarindoshlari davlatning yuqori lavozimlarida ishlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter