O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bugundan yana ochildi

AOKA tasarrufidagi Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bugun, 7-sentyabr soat 10:00dan e’tiboran yana faoliyatini davom ettirmoqda.
Milliy kutubxonada karantin hamda sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda bosqichma-bosqich kitobxonlarga xizmat ko‘rsatiladi.
- «Ilm» dissertatsiyalar zali – magistr, ilmiy tadqiqotchilar, fan nomzodlari, doktor, professor va akademiklarga - bir vaqtning o‘zida 15 ta kitobxon uchun;
- «Nodir» noyob manbalar zali – ilmiy tadqiqotchilarga - bir vaqtning o‘zida 10 ta kitobxon uchun;
- «Jahon» xorijiy adabiyotlar zali – xorijiy tillarni o‘rganuvchi barchaga - bir vaqtning o‘zida 25 ta kitobxon uchun xizmat ko‘rsatadi.
Kutubxonaga kelish istagida bo‘lgan kitobxonlar 71 232-83-94 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘quv zali va kelish vaqtini oldindan qayd ettirishlari lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter