Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston vaziri: O‘zbekiston bizga 100 million dollar kredit beradi

Qirg‘iziston vaziri: O‘zbekiston bizga 100 million dollar kredit beradi

Foto: tazabek.kg

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 100 million dollar miqdorida kredit beradi. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisod vaziri Sanjar Mukanbetov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki davlat rahbarlari o‘tgan yilning kuzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ushbu kredit liniyasini ochishga kelishib olgan. Kredit Qirg‘iziston tadbirkorlariga beriladi, kontrbank vazifasini «Ayil bank» bajaradi.

«Biz ushbu mablag‘ni teri va junni qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga taklif etmoqdamiz», — deydi vazir.

Mukanbetov tomonidan ma’lum qilinishicha, ikki davlat o‘rtasidagi mahsulot aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

«O‘tgan 5 oy davomida har ikki davlat o‘rtasida 130-140 million dollarlik mahsulot aylandi, 2018 yilda esa 340 million dollar atrofida bo‘lgan edi. Bugungi kunda Qirg‘iziston eksportdan ko‘ra importni ko‘proq amalga oshirmoqda. O‘zbekistondan asosan meva va sabzavot mahsulotlari olib kelinmoqda, u yerga esa ko‘mir va sement jo‘natilyapti», — deydi u.

Shu bilan birgalikda O‘zbekistonga sement yetkazib berish shartlari qayta ko‘rib chiqilishi aytildi.

«Bugungi kunda sement eksporti imtiyozli asosda amalga oshirilmoqda. 1 oktyabrda ushbu imtiyoz olib tashlanadi. Biz mana shu imtiyozli asosni saqlab qolish uchun muzokara o‘tkazamiz», — deydi Mukanbetov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring