Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi savdo yo‘lagi ochildi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi savdo yo‘lagi ochildi

Transport vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda yangi yo‘nalishda yuk tashuvlarini amalga oshirish boshlandi.

Qayd etilishicha, mazkur yangi savdo yo‘li O‘zbekistonni Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Sindao shahri bilan bog‘lab, yuk tashuvlarini tez, tejamkor va xavfsiz amalga oshirish imkonini beradi.

O‘zbekistonlik milliy tashuvchilar ushbu yo‘nalish bo‘ylab TIR Carnet kitobchasini qo‘llagan holda Qozog‘istondan tranzit o‘tib, Xorgos orqali Xitoyning Sariq dengiz qirg‘oqlarida joylashgan Sindao shahriga va u yerdan ortga yuk tashuvlarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Transport vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, vazirlik ushbu yangi savdo yo‘lagi orqali yuklar avtomobil transportida «eshikdan eshikkacha» tamoyili asosida qisqa vaqtda o‘z egalariga yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida haydovchilarning viza olish, tashuvlarni amalga oshirish uchun xalqaro ruxsatnoma blankalari bilan ta’minlash, xorijiy davlatlar bojxona nazoratidan o‘tish jarayonida vujudga kelayotgan masalalarni qisqa fursatlarda hal qilishda korxonalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring