O‘zbekiston xorijdan mandarin sotib olishni ko‘paytirdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 45,6 ming tonna mandarin import qilgan.
Mandarin importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,4 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 11 oyda mandarin mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Pokiston – 36,7 ming tonna
- Turkiya – 3,6 ming tonna
- Xitoy – 3,2 ming tonna
- Eron – 503 tonna
- Misr – 442,2 tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter