Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 2020-yilgacha 50ga yaqin yangi kinoteatr quriladi

O‘zbekistonda 2020-yilgacha 50ga yaqin yangi kinoteatr quriladi

Foto: kinoafisha.info.ru

«2018-2019-yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan 2018-2019-yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq yurtimizda 2018-2019-yillarda jami 49 ta, xususan 25 ta 1 etajli, 12 ta 2 etajli, 12 ta yozgi kinoteatrlar quriladi.

Ushbu kinoteatrlar namunaviy loyihalar asosida qurilib, ularda zarur infratuzilma ob’yektlari (avtotransportni vaqtincha saqlash joylari, kuzatish kameralari va yong‘in xavfsizligi tizimi) joylashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring