O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 42 foizga oshdi

O‘zbekistonda o‘tgan yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 42,6% ko‘proq avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib «Spot» xabar berdi.
Shu yilning yanvar-fevrali yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda 24 695 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi, 2017-yil yanvar-fevral oyida esa bu ko‘rsatkich 17 315taga teng edi. Shu tarzda o‘sish 42,6 foizni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter