O‘zbekistonda yengil avtomobil ishlab chiqarish ko‘paydi

2018-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 64193 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga asoslanib, «Halq so‘zi» xabar bermoqda.
Qayd qilinishicha, 2017-yilning shu davrida 52 mingdan ziyod avtomobillar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich, 2018-yilga kelib 64 193tani tashkil qilgan. Bu 22,4 foizga ko‘proq degani.
2018-yilning shu davriga qadar 1079 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda yengil avtomobil ishla 1584tani (- 31,9 foiz) tashkil qilgandi. Ishlab chiqarilgan avtobuslari soni esa 219tani tashkil qilgan. O‘tgan ularning soni 372 donani (- 41,1 foiz) tashkil qilgandi.
O‘z navbatida, ishlab chiqaradigan sanoatda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan traktor ishlab chiqarish 5,3 martaga, akril va vinil polimerlari asosidagi bo‘yoqlar va laklar – 41,9%ga, avtomobil dvigatellari 33,0%ga, dizel yoqilg‘isi – 24,8%ga, o‘simlik yog‘i (tozalangan) – 9,6%ga, avtomobil benzini – 0,6%ga va paxta tolasi – 1,9%ga oshgan.
Shu bilan birga, portlandsement ( - 7,2 foiz) va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish (- 1,2) hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasaygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter