Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Ko‘cha huquqi» loyihasi joriy etiladi

O‘zbekistonda «Ko‘cha huquqi» loyihasi joriy etiladi

Foto: «Xabar.uz»

Yoshlarga orasida “Street law” (Ko‘cha huquqi) loyihasini joriy qilish uchun huquqshunos talabalar, yuridik kollejlar o‘quvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat ko‘ngillilar guruhi shakllantiriladi. Bu haqda bugun, 11-yanvar kuni o‘tkazilgan “Adliya axboroti” brifingi va matbuot anjumani aytilgan.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmonining mazmun-mohiyati va uning doirasida amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Foto: «Xabar.uz»

Xususan, Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 1-yanvargacha qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi hamda qo‘shimcha huquqiy ma’lumotlar yetkazish tizimini o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali, 2019-yil 1-iyulgacha esa aholiga bepul maslahat berish portalini o‘z ichiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimi yaratiladi.

Shuningdek, farmon bilan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi va uning doirasida bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratilishi belgilandi.

Portal quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- Konstitutsiyani o‘rgatishga doir ilk tushunchalar;
- kundalik hayotda qo‘llashga mo‘ljallangan boshlang‘ich huquqiy bilimlar;
- huquqiy o‘yinlar, mashg‘ulotlar va dasturlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar.

Foto: «Xabar.uz»

Oilada huquqiy savodxonlikni oshiradigan, har bir elementar huquqiy bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan huquqiy qo‘llanma bepul tarqatiladi. Bundan tashqari, mahallalarda “Huquqiy axborot kuni” tashkil etiladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” va “Inson huquqlarini o‘rganish” maxsus o‘quv kurslarini barcha ta’lim turlari bo‘yicha o‘rgatish joriy etiladi.

Yoshdan kelib chiqib huquqiy savodxonlikning minimal talablari tasdiqlanadi. Aholini qiziqtirgan huquqiy mavzular yuzasidan “So‘rov bo‘yicha huquqiy targ‘ibot” loyihasi amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring