Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 4100 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar 4100 nafardan oshdi

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 11 nafar hamda Samarqand viloyatida 4 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va o‘z uylariga kuzatildi.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlar 11 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 2017-yilda tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 7 nafar, Toshkent shahridan 4 nafar, Farg‘ona viloyatidan 3 nafar, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatidan 1 nafardan.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 47 yoshda, kichigi esa 2019-yilda tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 6 nafar, Toshkent viloyatidan 2 nafar, Samarqand, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 2062 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatida tuzalganlar barchasi (erkak) ushbu viloyatdan. Ularning yoshi kattasi 70 yoshda, yoshi kichigi esa 31 yoshda. Endilikda viloyatda tuzalganlar 372 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 4131 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring