Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda yana zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan bugun, 14-noyabr kuni soat 15:42da zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, epitsentr: Jizzax viloyati, Zarbdor tumani.

Zilzila koordinatalari: 40,24 gradus shimoliy kenglik; 68,31 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,1. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 137 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Sardoba tumanida 3 ball, 10 km.

Zarbdor tumanida 3 ball, 16 km.

Paxtakor tumanida 2-3 ball, 26 km.

Oqoltin tumanida 2 ball, 32 km.

Xovos tumanida 2 ball, 34 km.

Eslatib o‘tamiz, bu bugunning hisobida uchunchi yer qimirlashidir. Tunda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida, kunduzi esa Andijonda yer qimirlashi qayd etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring