Ozdirishi aytilgan mahsulotda xavfli modda aniqlandi
Ozishda yordam berishi aytilayotgan «FATZORB PLUS Natural Fat&Carbo Binder» mahsuloti yuzasidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot kotibi rasmiy bayonot berdi.
«Tarkibi 100 foiz tabiiy giyohlardan tayyorlangan, organizmga hech qanday zarari yo‘q mahsulotligi aytilib, sotilayotgan ushbu mahsulot tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi sibutramin moddasi borligi aniqlandi», deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, «FATZORB PLUS Natural Fat&Carbo Binder» mahsuloti na dori vositasi sifatida na biologik faol qo‘shimcha (BFQ) sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter