Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pauerbank Istanbul – Seul samolyotini yarim yo‘ldan qaytardi

Pauerbank Istanbul – Seul samolyotini yarim yo‘ldan qaytardi

Foto: Shutterstock

Yo‘lovchilardan biri narsasini salonda tushirib yuborganidan so‘ng, Asiana Airlines havo kemasi kapitani ortga qaytishga qaror qildi. Bu haqda Haberler xabar berdi.

Istanbul – Seul yo‘nalishida uchayotgan samolyot Qozog‘iston hududi ustidan o‘tayotgan paytda yo‘lovchilardan biri o‘zining pauerbankini kreslolar orasiga tushirib yuborib, ekipajdan yordam so‘ragan. Bort kuzatuvchilari qurilmani olisholmagan. Oqibatda samolyot yarim yo‘lda ortiga burilib, Istanbulga qaytib ketgan.

Nashr yozishicha, Janubiy Koreya fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi aviakompaniyalarga o‘z havo kemalarida ixcham quvvatlash qurilmalari (pauerbanklar)ni olib yurishni taqiqlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring