Pensiya uchun ortiqcha to‘lanadigan summa bekor qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5291-son Farmoni bilan pensiya va nafaqalar bo‘yicha yangi tartiblar o‘rnatildi.
Unga ko‘ra, 2018-yil 1-yanvar holatiga tekshirishlar natijasida aniqlangan 65 yoshga to‘lgan va undan katta fuqarolar uchun hamda 2010-yilgacha tayinlangan pensiya va nafaqalar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summa hisobdan chiqarildi.
Endilikda pensioner tuman Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalar summasini ushlab qolish haqidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda ortiqcha to‘langan summa (aniqlangan paytdan boshlab uch yildan oshiq bo‘lmagan muddat uchun) sud tartibida undiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter