Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Poytaxt invest» yuristi pora bilan ushlandi

«Poytaxt invest» yuristi pora bilan ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Poytaxt invest» MChJ huquqshunosi O‘. pora bilan qo‘lga tushdi.

Bosh prokuratura axborot xizmatining xabariga ko‘ra, u fuqaro M.ni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga firibgarlik yo‘li bilan undan 750 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O‘.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring