Prezident Mirziyoyev tug‘ilgan kuni bilan tabriklaganlarga minnatdorlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘zlarining samimiy qutlovlari va ezgu tilaklarini bildirgan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar yetakchilariga, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, mamlakat va chet ellardagi barcha vatandoshlarga chuqur minnatdorlik izhor etdi.
«Mening nomimga yo‘llangan ushbu tabrik va tilaklarni, avvalo, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, dunyo hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizga, yorug‘ kelajagimizga ishonch va e’tibor ifodasi sifatida qabul qilaman.
Barcha tashabbus va dasturlarimizni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan mard va olijanob xalqimizga yana bir bor chin dildan farzandlik mehrim va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman.
Ishonchim komil, el-yurtimizning ulkan yaratuvchilik mehnati, azmu shijoati bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish va uni jahondagi taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqish bo‘yicha o‘z oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarga albatta yetamiz», – dedi Prezident.
Manba: president.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter