Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining bir guruh professor-o‘qituvchilarini mukofotladi

Prezident O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining bir guruh professor-o‘qituvchilarini mukofotladi

Foto: Konservatoriya.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi tashkil etilganining 85 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilardan bir guruhi mukofotlandi.

Mamlakatimizda milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirish, xalqimizning boy ma’naviy merosi va an’analarini asrab-avaylash hamda jahon miqyosida keng targ‘ib etishga qo‘shgan munosib hissasi, talaba yoshlarga o‘zbek va jahon mumtoz san’ati durdonalari va zamonaviy yutuqlarini o‘rgatish, ularning ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, yuksak professional mahorat va malakaga ega bo‘lgan soha vakillarini tayyorlash borasidagi katta xizmatlari, yurtdoshlarimizning madaniy saviyasini oshirish, farzandlarimizni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali faoliyati, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan

Fayziyeva Madina Muxsinovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi mudiri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Abdullayeva Inna Anvarovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining fakultetlararo fortepiano ijrochiligi kafedrasi professori

Muxamedova Galina Iminovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

Galushenko Irina Georgiyevna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professori

Mansurov Avaz Maksudovich — B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Abduraximova Firuza Ravshanovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining orkestr dirijyorligi kafedrasi professori

Rizayeva Mukadas — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdullayev Rustambek Samigovich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘zbek musiqasi tarixi kafedrasi professori

Matyakubova Svetlana Kaxarovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa nazariyasi kafedrasi professori

Xakimova Afrida Xodjayevna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xor dirijyorligi kafedrasi professori

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Muxtarova Flora Shaaxmedovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa nazariyasi kafedrasi professori

Rasulova Tatyana Salixovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining o‘zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi professori

«Do‘stlik» ordeni bilan

Gringof Anna Genrixovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining kamer musiqasi kafedrasi dotsenti

Djumayeva Lyuba — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xor dirijyorligi kafedrasi professori

Izmailov Ali Muslimovich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining puflama va zarbli cholg‘ular kafedrasi dotsenti

Kalliyev Abatbay Nagmetullayevich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi o‘qituvchisi

Matveyeva Yelena Nikolayevna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining torli cholg‘ular kafedrasi dotsenti

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Atadjanov Muxammad Abdusharipovich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi dotsenti

Nasirova Yulduz Mirxamedovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professori

Xodjayeva Ro‘zibi Madiyevna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining xalq cholg‘ularida ijrochilik kafedrasi professori

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Maxarov Nodirbek Tolkunovich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining kompozitorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi katta o‘qituvchisi

«Shuhrat» medali bilan

Abrarova Mavjuda Sharipovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining orkestr dirijyorligi kafedrasi yetakchi xor artisti

Axundjanova Natalya Adilovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqa nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Ikramov Ilxam Inogamovich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining xalq cholg‘ularida ijrochilik kafedrasi professori

Kasimova Malika Baxritdinovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining konsertmeysterlik mahorati kafedrasi professori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring