Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori bilan o‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etildi

Prezident qarori bilan o‘g‘il bolalar va qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda adliya vazirligining kanalida xabar berib o‘tildi.

Qaror bilan quyidagilar negizida Respublika o‘g‘il bolalar hamda Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tashkil etildi:

– Baxt shahridagi o‘g‘il bolalar maxsus kolleji;
– Qo‘qon shahridagi maxsus yengil sanoat kolleji;
– Samarqand shahridagi 64-sonli o‘g‘il bolalar maktab-internati;
– Chinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar maktab-internati.

Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi Milliy gvardiyaga, Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi esa Ichki ishlar vazirligiga biriktirildi.

Respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga 14 yoshga to‘lgan va 18 yoshdan oshmagan quyidagi voyaga yetmaganlar sud qarori asosida joylashtiriladi:

– ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan;

– aybliligi to‘g‘risidagi masala hal qilinmay turib jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan;

– Respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qo‘llanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan;

– profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramay huquqbuzarliklarni davom ettirayotganlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring