Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Qirg‘izistonga yetib bordi (foto)

Prezident Qirg‘izistonga yetib bordi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 20-iyul kuni Cho‘lponota shahriga keldi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi Rahbari Akilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Avval xabar qilinganidek, ertaga, 21-iyul kuni Cho‘lponotada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Sammitda savdo, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring