Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: «Samarqandda qancha odamni ishdan oldim, nega xulosa qilmaysiz?»

Prezident: «Samarqandda qancha odamni ishdan oldim, nega xulosa qilmaysiz?»

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Yangihayot tumanida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari poytaxtda bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi.

«Biz 30 yil davomida metro qurishni unutib qo‘ygandik. Yo‘l quradigan mutaxassislarimiz boshqa joylarga ketib qolishdi. Bizda yer osti metrosi bor edi. Lekin «yer usti» degan ibora biz uchun yangilik bo‘ldi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident shu bilan birga Toshkent shahriga tramvay qaytarilishi borasida ham fikr bildirdi.

«Samarqandga borganimizda Toshkentga tramvay qaytarilishini aytgan edik. Mana hozir butun dunyo «yashil iqtisodiyot»ga o‘tyapti. Xavfsiz, ekologik toza transport ekani uchun ham tramvayni kaytarayotganimiz adolatdan deb o‘ylayman. Men bugun dastlabki tramvay yo‘llari loyihasini ko‘rdim. Yetti o‘lchab bir kesib, marshrutlarni aniqlaymiz», — dedi davlat rahbari.

Prezident o‘z navbatida mas’ullarga murojaat qildi va ularni xulosa chiqarishga chaqirdi.

«Mana, Samarqandda qancha odamni ishdan olib keldim?! Nega xulosa qilmaysizlar?» — Shavkat Mirziyoyev Sergeli va Yangi hayot tumanlarida og‘ir hududlar ahvolini yaxshilash yetarli yo‘lga qo‘yilmagani uchun tumanlar sektor rahbarlarini qat’iy ogohlantirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring