Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida koronavirusni yuqtirganlar aniqlandi (+100)

2020-yil 1-oktyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 57 290 (+100) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 97 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 326, Toshkent viloyatida 95, Namangan viloyatida 44, Andijon viloyatida 9, Jizzax viloyatida 8, Qashqadaryo viloyatida 6, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5, Surxondaryo viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.
Shu tariqa yurtimizda 53 955 (+498) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 863 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter