Qashqadaryoda direktor o‘qituvchilarni maktab remontiga jalb qilgani aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tuman 20-sonli maktab direktori o‘qituvchilarga majburan maktabni remont qildirayotgani haqida xabar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, direktor o‘qituvchilarni maktab remontiga jalb qilishdan tashqari ulardan ta’mirlash ishlari uchun 50 ming so‘mdan pul yig‘dirib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, Koson tumani 20-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori haqiqatdan ham o‘qituvchi va ishchi xodimlarni ta’mirlash ishlariga jalb qilgan.
Maktab direktoriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 2-qismiga asosan BHMning 100 (yuz) barobari, ya’ni 33 000 000 (o‘ttiz uch million) so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter